x

Bolaning tomog`i og`riganda bodomcha bezda paydo bo`ladigan yiringlar qonga so`rilishi natijasida organizmda har xil antigen va antitanachalar paydo bo`ladi. Ular buyrak koptokchalarida to`planib qolishi tufayli yallig`lanish yuzaga keladi. Bu tibbiyot tilida glomerulonefrit deyiladi.

Kasallikni davolash uchun ikki yil va undan ko`proq vaqt talab etiladi. Ba'zi hollarda dard bir umr inson sog`lig`iga ta'sir etadi. Buyrak transplantatsiyasi o`tkazilayotgan bemorlarning to`qson foizi bolaligida glomerulonefrit bilan xastalangani buning isbotidir. Demak, bolalarda uchraydigan tomoq og`rig`iga befarq bo`lish keyinchalik oila va hatto jamiyatga ham qimmatga tushishi mumkin.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

 

To Top ↑
To Top ↑