Kamqonlik tashxisiga bee'tibor bo`lish jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
- homila tushish xavfi (20-42%),
- arterial gipotoniya (arterial qon bosimi tushishi) (40%),
- homila yo`ldoshining muddatdan erta ko`chishi (25-35%),
- homila rivojlanishdan ortda qolishi (25%)
- muddatdan erta tug`ruqning boshlanishi…
Homiladorlikning 20-haftasiga kelib, homilada temir moddasiga bo`lgan talab oshadi va onada temir moddasining zahirasi deyarli yakunlanadi. Shu bois aynan birinchi uy oylikdan so`ng kamqonlikning oldini oluvchi preparatlar buyurilib, oylik tekshiruvdagi qon tahlilida gemoglobin miqdori nazorat qilinadi. Gemoglobin miqdori me'yordan kam bo`lsa, davolovchi shifokor tomonidan preparatlar bilan muolaja qilish buyuriladi. Taomnomaga ham gemoglobinni ko`paytiruvchi mahsulotlar (go`sht, tuxum, bodom, qizil lavlagi, shivit, kashnich) kiritish tavsiya etiladi.