Ko`plab holatlarda chaqaloqlar yig`isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og`rig`i hisoblanadi. Og`riq kuchi jihatidan quloq og`rig`i tish og`rig`iga tengdir.
Chaqaloqning qulog`ida og`riq bor yoki yo`qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.
Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog`i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o`rta yoki tashqi quloqda yallig`lanish bo`lsa, simptom musbat bo`ladi. Bu holatda chaqaloq yig`lashi yoki yig`isi kuchayishi mumkin.