x

Gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish va farzandlariga o`rgatish, qo`lni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfektsiya kiling;

Yuzlarini qo`l bilan ko`p ushlamaslikka o`rgating;

Honalarni doimiy ravishda shamollatib turing;

 Bolalarga yo`talganda yoki aksa urganda og`iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o`rgating;

Farzandlaringizga kasal bo`lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtiring;

Himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntiring;

Agar farzandlari kasal bo`lib qolgan bo`lsa, maktabgacha ta'lim muassasasiga yoki maktabga yubormaslik lozim;

Shuningdek, bolani to`g`ri va ratsional ovkatlanishi, surunkali infektsiya o`choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarni oldini olishga yordam beradi;

Bolaga qo`shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, tsink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo`llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.

Gripp mavsumi boshlanganda vaktsinatsiya ishlarini olib borish xam yaxshi samara beradi.

Furqat Shamsiyev,

SSV bolalar bosh pul'monologi,

tibbiyot fanlari doktori, professor

To Top ↑
To Top ↑