Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Yaponiya-Oʻzbekiston yoshlar innovatsiya markazi bilan hamkorlikda suv va elektr energiyasini tejash boʻyicha pilot dasturi amalga oshirilmoqda.
Dastlabki trening ishtirokchilari Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidan saralangan 11 maktabning 500 dan ortiq 7-sinf oʻquvchilari boʻldi.
“Loyiha oʻsib kelayotgan yosh avlodda energiya va suvdan samarali foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam berishi, butun mamlakat boʻylab resurslarni tejashning afzalliklarini koʻrsatishi va ularni ekologik muammolarni hal etishga hissa qoʻshishga undashi kerak”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Tashabbus doirasida yaponiyalik mutaxassis Yuki Yanagida eksperimental maktab oʻqituvchilari uchun treninglar oʻtkazdi.