2024-yilning 10-yanvaridagi “Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” gi hukumat qarori qabul qilindi. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 12-yanvar sanasidan kuchga kirgan.
Unga koʻra, umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi QR-kod qoʻyilgan sertifikat test natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi. A+, A, B+, B, C+, C darajadagi sertifikatlar beriladi. Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi.
Ya'ni:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60-64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55-59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50-54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46-49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:
A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi, boshqa darajadagi sertifikat olgan abituriyentlarga ballar maksimal ballga nisbatan proporsional hisoblanadi. Milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga eng yuqori ball beriladi.
Maʼlumot uchun, 2020-yilning 1-dekabridan boshlab bakalavriat yoʻnalishlariga mos keladigan fanlar toʻplamining umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.