x

Prezidentimiz 2026 yilda Halqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o`tkazilishini ma'lum qildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga «maktab – tuman – viloyat – respublika» bosqichida tanlovlar o`tkazib, 5-8 sinf o`quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o`quvchilar bo`lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

«Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak»,  dedi davlatimiz rahbari yig`ilishda.

Hozir «mahalla beshligi» planshet va komp'yuter bilan to`liq ta'minlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida.

Masalan, yoshlar etakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik bo`limidan ishsizlik to`g`risida ma'lumotnoma olib kelishga majbur.

«Qachon mahallaga raqamlashtirish to`liq kirib borsa, shundagina «Elektron hukumat» ishlab ketdi, deb ayta olamiz», dedi Prezident.

Mutasaddilarga 1 martga qadar «Raqamli mahalla» yagona platformasini ishga tushirish va «mahalla ettiligi»ni raqamli tizimlardan foydalanishga o`qitish topshirildi.

To Top ↑
To Top ↑