Yangi o`quv yilida Turkmaniston maktablari 76 ming 677 nafar birinchi sinf o`quvchisini qabul qiladi, ularga Prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan o`qish uchun noutbuklar sovg`a qilinadi. Qayd etilishicha, mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli ko`rsatmani 25 avgust kuni imzolagan.
“Sanoat va qurilish materiallari vazirligi “Aydyn gijeler” iqtisodiy jamiyati bilan birgalikda maktablarga kerakli miqdordagi komp'yuterlarni jo`natdi”, deyiladi “Orient” axborot agentligi xabarida.
“Bilimli” brendining noutbuklari “Aydyn gijeler” jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Ular turkman, rus va ingliz tillarida mavjud bo`lgan 11 ta o`quv dasturini o`z ichiga olib, turli vazifalarni kechiktirmasdan bajarish imkonini beruvchi kuchli protsessor, katta hajmdagi operativ xotira va tezkor grafikalar bilan jihozlangan.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi