x

Sir emaski, bugun yurtimizda maktabgacha ta'limga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hususan, ularning soni oshirilib, maktab yoshidagi bolalarni ta'limning bu turiga keng qamrab olish ishlari amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan sharoitni zamonaviy talablarga moslashtirish, ularning ma'nan va jismonan sog`lom bo`lib shakllanishlari uchun imkoniyat yaratish bugungi kunda ta'lim sohasining oldida turgan muhim masalalardan biridir.

Maktabgacha ta'im tashkilotlaridagi o`quv va tarbiya jarayoniga xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o`quv reja, dastur va o`quv-metodik majmualar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilinmoqda.

Tarbiyalanuvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g`oyalarini yanada chuqur singdirish hamda yot g`oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish tizimida samarali faoliyat olib borayotgan MTTlari bisyor.

Huddi shunday tashkilotlardan biri sifatida Toshkent shahridagi Yangihayot tumaniga qarashli 50-sonli maktabgacha talim tashkilotini keltirish mumkin. Kelajak avlod tarbiyalanayotgan mazkur maskanda o`tgan bir kunimizda guvohi bo`lganlarimizdan shunday xulosaga kelish mumkin.

Yozgi sog`lomlashtirish davrida tarbiyalanuvchilarni sog`lomlashtirish hamda turli sport musobaqalarini ota-onalar bilan hamkorlikda tashkillashtirish samarali yo`lga qo`yilgan tashkilotda bolajonlar mavsumni  mazmunli o`tkazmoqda.

Kun davomida takshil etilgan bir qator musobaqalarda tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda ularning ota-onalari ham faol ishtirok etishdi.

Kun davomida betakror raqslari bilan barchani xushnud etgan yigit-qizlar, yo`l harakati qoidalariga oid sahna ko`rinishlari orqali yo`l tartiblariga doir bilimlarni chuqur egallaganliklarini ham namoyish etishdi.

Ham jismonan, ham aqlan etuk qilib tarbiyalanayotgan bolajonlar tadbir davomida tashkilot hayvonot bog`iga sayr qildilar. Quyon hamda turli xil qushlarga emak berish bilan bir qatorda ularning savatlari tozalab mehr ulashishdi. Turfa sahna ko`rinishlari, sport musobaqalari va qiziqarli chiqishlardan so`ng, barcha bolalar suv havzasida maroq bilan cho`milishdi.

O`z navbatida samarali tashkil etilgan tadbir, ustozlar va bog`cha tarbiyalanuvchilarning esdalik uchun suratga tushishlari bilan yakun topdi.

Shahriyor BAHRONOV,

“Bolalarolami.uz” muxbiri

To Top ↑
To Top ↑