Ilgari bolalar bog`chalari yo`q edi. 11ta farzandimni ham uyda o`zim katta qilib olganman. Shukrki, opalari, katta akalari- shu qorako`zlarim bor ekan, qiynalmadik.
- Ota-onalari tunu kun ishlaydiganlarchi, buvijon, ular nima qilishgan?
- Eh bolam-a… Zamon rivojlandi, kishilar hayot tarzi o`zgardi, sekin-astalik bilan bolaga qarovchi enagalar paydo bo`ldi. Keyin oilalar noilojlikdan jondan aziz bolalarini shularga ishonib qo`yishdida. Albatta, ular ham o`z ishiga astoydil yondashib,o`z oilasidek mehribon bo`lib, sog`lom avlodni tarbiyalashdi. Hozirchi? Bugungi zamonaviy dunyoda bolalar bog`chasiz hayotni tasavvur qilish biroz mushkulroq. To`g`ri, bobo-buvisi qo`lidagilar ham bor, deyishing mumkin. Biroq, agar bog`chalar bo`lmasa, ota-onalar buni qilishlari qiyin bo`lib qoldi. Bolalar bog`chani «bitirib», nutqlari biyron bo`lib, maktab borishga tayyorgina bo`lib qolishyaptiku, dilbandim...(buvim kulib yubordilar)
Bola tug`ildi. Ulg`ayib, atak-chechak yura boshlagach, uni dunyolarga alishmaydigan ota-onasi bog`chaga olib borib qo`yadi. Endi u «bog`cha opa» laridan ham ta'lim, ham tarbiya ola boshlaydi. Bu bir umrga bola ongida muhrlanuvchi, umrining eng quvnoq va hayotidagi birinchi va eng muhim qadamlardandir. Sababi, bola ayni shu yoshida(bog`chaga qatnash yoshi hisobida)gi har qanday kayfiyatdagi voqealarni to`liq eslay oladi.
Ko`pgina bolalar uchun bolalar bog`chasi katta dunyoga birinchi va muhim qadam, tengdoshlar bilan muloqot qilish, yangi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish imkoniyatidir. Bolalar bog`chasi ostonasidan birinchi marta o`tib, tanish uy sharoitidan kelgan bola o`zini qiziqarli va sirli o`ziga xos dunyoda topadi.
Buvim bilan suhbatimizni esladim. Ilgari bolalar uchun mavjud bo`lgan uy ta'limi afzalmikan yoki bugungi bog`chalar? Qay biri unib-o`sib kelayotgan murg`ak qalb egasini sofdil, ota-onasiga mehribon, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalarkan? Shu o`rinda Amerika oilalari tutumida bugungi kunda anchagina rivojlangan «Homeschool» lar tizimi yodimga tushdi.
«Ibuka masaru» kitobida yozilishicha, bola dastlabki hayotining uch yilini individual qobiliyatlarini rivojlantirishning o`ziga xos davri, deb qaraymiz. Bu paytda ular har kuni o`sadi, tez fikrlaydi, to`xtovsiz ravishda qiziqadi. Aynan shu masalalar biz yuqorida ta'kidlagan zamonaviy «Homeschool» tarkibida ekan. Unda ota-ona tomonidan:
- Rasmlar tanlab olinadi. Maqsadi, bola rangni, holatni, tasvirni aniq ajrata olsin;
- Qo`shiq matnlari yig`ib olinadi. Bolaning og`zaki va ifodali nutqi rivojlanishi uchun;
- Hayvon, raqamlar, ranglar, mevalar, sonlar, harflar, yil fasllari takrorlanadi.
(ushbu harakatlar ixtiyoriy tanlanadi)
Uyda o`qitish-bu ota-onalar o`z farzandlarini an'anaviy davlat yoki xususiy maktabga yuborish o`rniga uyda tarbiyalaydigan mamlakat (va dunyo) bo`ylab progressiv harakat.
Uyda o`qitish harakati 1970—yillarda ba'zi mashhur mualliflar va tadqiqotchilar, masalan, jon Holt va Doroti va Raymond Mur—ta'lim islohoti haqida yozishni boshlaganlarida o`sishni boshladi. Ular muqobil ta'lim varianti sifatida uyda o`qitishni taklif qilishdi. Milliy uy ta'limi tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko`ra, hozirda AQShda 2 milliondan ortiq bolalar uyda o`qitilmoqda, bu foiz har yili tez o`sib bormoqda. Uyda o`qitish barcha 50 shtatda va ko`plab xorijiy mamlakatlarda qonuniydir.
Uyda o`qiydigan bolalar bog`cha ta'limini olayotganlarga qaraganda ko`proq orqadami yoki oldindami?
Horijliklar fikricha, uyda o`qitishning afzalliklaridan biri shundaki, bolalar o`zlarining temperamentiga muvofiq o`sishi mumkin. Milliy uy ta'limi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan tadqiqotda uyda ta'lim oluvchilar bog`cha ta'limini olayotgan bolalar tomonidan 87 foizli o`rtacha ball bilan taqqoslaganda o`rtacha standartlashtirilgan test balliga ega edilar.
Biroq, ular ba'zi fanlardan bir necha sinflar oldinda bo`lishi mumkin, ammo boshqalardan orqada. Demak, bu ham bola rivojlanishidagi zaif nuqta!
Bolalar bog`chasi — maktab yoshigacha bo`lgan bolalarni tarbiyalovchi muassasa. Lek, ayrim oilalar farzandlarini bog`cha ta'limga emas, maktab partasiga shoshiltirishadi. Bu borada men bolalarning bog`cha ta'limini olishlari tarafdoriman. Amerika bolalar siyosatida mavjud «Homeschool» larni yoqlamayman. Bog`cha yoki «homeschool?» Bu ikkisini tarozi pallalarida taqqoslaganda, bog`chalarning bola ulg`ayishi uchun ahamiyatli tomonlari ustun keladi, deb ishonaman.
Darhaqiqat, O`zbekistonda bo`gcha yoshi, odatda, 3-7 yosh.
2 oylikdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar tarbiyalanadigan yaslibog`chalar ham bor. Bundan tashqari, sog`lomlashtirish bog`chalari, jismoniy va aqliy nuqsonli bolalar uchun bog`chalar, mavsumiy bog`chalar (asosan qishloq xo`jaligi ishlari ko`paygan vaqtda tashkil etiladi) kabi turlari ham mavjud. Ularning har qanday turida bolalarga chet tillari, xoreografiya, tasviriy va musiqiy san'at, komp'yuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi mutaxassilar dars berishadi. Bola shu sohaning vakilidan saboq oladi, bilim o`rganadi. Bu bilan u maktabga tayyor bo`la boshlaydi, shunday emasmi? Rivojlanishi nuqtayi nazaridan, bolaning sog`lomlik holatiga ko`ra guruhlarga jalb qilinadi. Bu esa shu kabi toifadagilar uchun qulay(comfort) muhit yaratadi.
Bog`chalarda umumiy turdagi, ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan, inklyuziv, qo`shma turdagi guruhlar bolaning holatiga ko`ra rivojlanishi, uning o`z tengdoshlari kabi erkin harakatlanish, sifatli ta'lim, ham tarbiya olish imkoniyatini jonlantirmoqda.
Bugungi globallashuv zamonida davr shiddat ila, to`xtovsiz rivojlanishini har lahzada sezib turibmiz. O`z navbatida, xususiy bog`chalar faoliyatining jahon andozalari, dunyo bog`chalaridagi ta'lim texnologiyalarini o`zida jamlagan holda, mamlakatimizda joriy etilishi ham alohida qayd etish joiz, deb o`ylaymiz.
Bola tarbiyasi kechiktirib bo`lmas jarayon. U tug`ilmasdan oldin boshlanishi kerak bo`lgan dolzarb vazifadir. Vaholanki, yurt taqdiri yoshlarga ishonib topshirilajak omonat.
Shunday ekan, tafakkur qiling!
Siz bolangizni uy ta'limi asosida tarbiyalamoqchimisiz, yoki bog`chada? Bu- har bir ota-ona ongli ravishda tanlov qilmog`i kerak bo`lgan, kechiktirib bo`lmas shart!
Zero, hur diyor uchun go`zal tarbiyadanda yaxshiroq meros yo`q!
Marjona Teshayeva