x

Me'mor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir to`da bolalar chug`urlashib, nimanidir ko`rsatayotganlarga e'tibor beribdi. Bolalar unga yaqinlashib:

– Amaki, – deyishibdi, – shu minorangiz biroz qiyshayibdi.

– Ha, unday bo`lsa, hozir arqon bilan tortib to`g`irlaymiz. Sizlar qarab turinglar, – deb arqon keltirishni buyuribdi.

Me'mor Sinon to bolalar to`g`ri bo`ldi, deyishmagunicha, minorani bir arqon bilan torttiraveribdi, Bolalar to`g`ri bo`ldi deyishgach to`xtatibdi. Shu orada bir kishi kelib:

– Usta, bu arqon shunday katta minoraga hech bir ta'sir qilmasligini bilasiz, nega endi bolalarning gapiga kirib bunday qildingiz, – deganida me'mor javob beribdi:

– Shunday qilmasam, bu churvaqalar shahar bo`ylab minora qiyshiq, degan gap tarqatishadi. Minoraning egri emasligiga hech kimni ishintirolmaymiz. Endi esa minora egri edi, arqon bilan tortirib to`g`rilatdik, degan gap tarqatishadi. Bu gapga esa aqli bor odam ishonmaydi!

Ko`pchilik kishilar bolalarning oldida bemalol bo`ladi. «Axir bolaku. Nimaniyam tushunardi?» – deyishadi. Aslida bilishmaydiki, bu bolalar bola bo`lgani uchun ham hech narsadan qo`rqmay, tap tortmay, sirlaringizni dunyoga doston qilishadi. Maslahat shuki, kattalardan emas, bolalardan ehtiyot bo`ling.

To Top ↑
To Top ↑