x

Farzand tarbiyalash nihoyatda mas'uliyatli vazifa. Shu sababdan uni mukammal darajada ado etish mushkul. Quyida farzand tarbiyasida yo`l qo`yiladigan xatolar haqida muhim masalalar qayd etilgan.

 

Ota-onaning bolaga «Lapashang», «Ahmoq», «Odobsiz» kabi yoqimsiz so`zlar bilan murojaat qilishi eng katta xatodir. Aslida kamchilik farzandning o`zida emas, ishida.

 

Urib-so`kib tarbiyalash. Farzand noto`g`ri ish qilganida tanbeh berish, urish-so`kishdan ko`ra yaxshi ko`rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik yoki qovoq uyish samarali bo`ladi.

 

Noto`g`ri rag`batlantirish. Ota-ona bolalalarining yaxshi ishlarini mukofotlashda shirinlik yoki pul berish bilan birga savob bo`lishini, evaziga jannatga erishishini ham uqtirsin.

 

Bolalarni bir-biriga qarama-qarshi o`stirish. Bir oilada tug`ilib o`sgan bolalarning ham shaxsiyati turlicha bo`ladi. Ularni zehni, qobiliyati past-balandiga qarab yo`naltirish lozim. Aks holda bir-biriga solishtirish bilan oralari buzilishi mumkin.

 

Yomon duo qilish. Farzandi jahlini chiqarsa, ayrim onalar darrov qarg`ashga tushadi. Buning oqibati juda yomon.

 

Va'da berib bajarmaslik. Ota-ona va'dasida turmasa, ishonchini yo`qotadi. Masalan, «Kel, urmayman», deydi. Ammo kelganida uradi. «Bunday qilsang, uni olib beraman», deydi, lekin so`zida turmaydi.

 

Farzandini yomon holatlarga guvoh qilishi. Sha'nini yuksaltirish, botirlikka o`rgatish o`rniga tahqirlaydigan manzaralarni ko`rsatish bola qalbini sindiradi

 

Yoqtirmagan narsasini sovg`a qilish.

 

Yolg`on gapirish. Odatlarning eng yomoni yolg`on so`zlashdir. Bola o`rnak oladigan kishilar yolg`on gapirib tursa, uyam shunga odatlanadi.

 

Ziyovuddin Rahim

To Top ↑
To Top ↑