x

Qabulimga kelgan 18 yoshli qiz bir o`limdan qoldi. Suisid sodir qildi, chunki uni xech kim eshitmadi. 12 yoshligidan boshlab, amakisining “qo`yday yuvosh” og`li, ya'ni o`z akasi doimiy tarzda zo`rlab kelgan. Onasiga aytmagan, akasi qo`rqitgan…

To`yi arafasida uydan qochdi, “kuyovni ko`ziga qanday qarayman” dedi…

Hamma haqiqat oshkor bo`lgach, yana qiz aybdor: “qo`yday yuvosh akangga tuhmat qilishga uyalmadingmi?”, “boshqa bilan yurib, akangni aybdor qilayapsanmi?” va h.k…

12 yoshli yigitcha, o`g`il bolalar maktabida o`qigan. 7 yoshidan katta sinfdagi 12-13 yoshli yigitlar doimiy zo`rlab kelishgan. Shaxsiy chegarasi buzib yuborilgan, urmoqchi bo`lsangiz ham o`zini himoya qilmaydi. 7 yoshida himoya qilishga uringan, foyda bo`lmagan, endi esa himoya qilishga urinmaydi ham. Hozir esa o`zi 7-8 yoshli yigitlarga “hujum” qilayotganda, ushlab olishgan.

14 yoshli yigit, o`ziga ishongan, maximalist. 12 yoshidan xayvonlar bilan “amaliyot o`tab” keladi. Ammasi ko`rib qolgan va tezlik bilan bizga murojaat qilgan.

Hozir ushbu bemorlarni davolayapmiz, ahvollari ancha yaxshi. Lekin ancha qiyin bo`ladi.

!!!BOLALARNI URAYoTGANDA, ya'ni ularga jismoniy zo`ravonlik qilayotganda;

KAMSITAYoTGANDA, ya'ni ruhiy zo`ravonlik qilayotganda;

ESDA SAQLANG: bola endi boshqa zo`ravonlikka (jinsiy) qarshilik qilolmaydi!!!

Qizlarni, o`g`illarni o`z uyimizda asraylik, jinsiy tarbiya beraylik, otalarimizni ko`magi kerak har bir oliada…

Bunday voqealar har kuni 2-3 tadan amaliyotimda uchraydi…

Islomiy tarbiya, jinsiy tarbiya, nafs tarbiyasi, ruhiy tarbiya, emotsional tarbiyani birdek olib boraylik!

“Meni bolalarim bilan unday bo`lmaydi” deysizmi, ushbu bolalarning ota-onasi ham shunday o`ylashgan, g`aflatda qolishdi.

Ogoh bo`laylik, tarbiyani kompleks tarzda olib boraylik!

P.S. BJSST tomonidan zo`ravonlikka qarshi tadbirlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Amaliyotga tarbiq etsak bo`lgani!

 

Gavhar Teshaboyeva

To Top ↑
To Top ↑