x

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan «Onalar o`limi tendentsiyalari» hisobotida qayd etilgan. Qayd etilishicha, so`nggi yillarda ayollar salomatligining dahshatli yomonlashuvi kuzatilmoqda, onalar o`limi dunyoning deyarli barcha mintaqalarida o`sib bormoqda yoki saqlanib qolmoqda.

«Har bir ayol uchun homiladorlik katta umid va ijobiy his-tuyg`ular davri bo`lishi kerak. Ammo butun dunyo bo`ylab o`z qadr-qimmatini hurmat qilish, homiladorlik sharoitida sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo`lmagan millionlab ayollar uchun, bu, afsuski, hali ham o`ta qiyin va xavfli sinovga aylanadi. Yangi statistik ma'lumotlar har bir ayol va qizga tug`ruqdan oldin, tug`ruq vaqtida va tug`ilgandan keyin zarur tibbiy yordam olish, uning reproduktiv huquqlari to`liq hurmat qilinishini ta'minlash imkonini beruvchi shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratish zarurligini ko`rsatmoqda», deydi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori, doktor Tedros Gebreyesus.

2000 yildan 2020 yilgacha milliy, mintaqaviy va global miqyosda onalar o`limi tendentsiyasi kuzatilgan hisobotga ko`ra, 2020 yilda 287 mingga yaqin onalar o`limi sodir bo`lgan. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boshlangan 2016 yildagi 309 000 holatdan sal kamroq. Hisobotda 2000 yildan 2015 yilgacha bo`lgan davrda onalar o`limini kamaytirish bo`yicha sezilarli yutuqlarga erishilgani, biroq keyinchalik ijobiy tendentsiya to`xtab qolgani, ayrim hollarda esa yomonlashgani qayd etilgan.

2016 va 2020 yillar oralig`ida BMTning sakkiz mintaqasidan ikkitasi — Yevropa va Shimoliy Amerika hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasida onalar o`limi koeffitsiyentini mos ravishda 17 va 15 foizga oshgan. Boshqa hududlarda ko`rsatkichlar bir xil darajada saqlanib qolgan. Shu bilan birga, hisobot mualliflari ko`rsatkichlarni yaxshilash amalga oshirilishi mumkin bo`lgan vazifa ekanligini ta'kidlaydilar.

Masalan, xuddi shu davrda ikki mintaqada (Avstraliya va Yangi Zelandiya hamda Markaziy va Janubiy Osiyo) onalar o`limi darajasi sezilarli darajada kamaydi — mos ravishda 35 va 16 foiz. Shuningdek, pasayish dunyoning 31 davlatida ham kuzatildi.

«Millionlab oilalar uchun farzandli bo`lish mo`'jizasi onaning o`limi fojiasiga aylanmoqda. Hech bir ona chaqaloq tug`ilishi munosabati bilan o`z hayoti uchun qo`rqmasligi kerak. Ayniqsa umumiy asoratlarni davolash bo`yicha bilim va usullar mavjud bo`lgan sharoitda. Salomatlik tengligi tamoyiliga rioya qilingan taqdirda, har bir ona kelib chiqishi va yashash joyidan qat'i nazar, farzandini xavfsiz dunyoga keltirish va oila davrasida sog`lom hayot kechirish uchun real imkoniyatga ega bo`ladi», deydi YuNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel.

Onalar o`limining eng yuqori mutlaq ko`rsatkichlari dunyoning eng qashshoq hududlari va ziddiyatli mamlakatlarda kuzatilmoqda. 2020 yilda onalar o`limining qariyb 70 foizi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlari sodir bo`lgan. Og`ir gumanitar inqirozga uchragan to`qqizta davlatda onalar o`limi ko`rsatkichi dunyo bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichdan ikki baravar ko`proqni tashkil etdi. Ya'ni 100 000 tirik tug`ilgan chaqaloqqa 551 ta ona o`limi. Dunyo bo`yicha bu ko`rsatkich 223 tani tashkil etmoqda.

«Hisobot biz ayollar va o`smirlar salomatligiga bo`lgan sadoqatimizni yangi kuch va tezlik bilan bajarishimiz kerakligini yana bir yorqin eslatib turadi. Shoshilinch chora-tadbirlar, birlamchi tibbiy yordamga sarmoya kiritishni davom ettirish, sog`liqni saqlash tizimini mustahkamlash va barqarorlashtirish barchamizga hayotni saqlab qolish, salomatlik va farovonlikni yaxshilash, ayollar va o`smirlarning huquqlari va imkoniyatlarini himoya qilish imkonini beradi», deydi Jahon bankining sog`liqni saqlash, ovqatlanish va aholi bo`yicha direktori hamda Global moliyalashtirish direktori Huan Pablo Uribe.

Onalar o`limining asosiy sabablari - og`ir qon ketish, yuqori qon bosimi, homiladorlik bilan bog`liq infektsiyalar, xavfli abortdan kelib chiqadigan asoratlar va homiladorlik bilan kuchayishi mumkin bo`lgan asosiy kasalliklar (masalan, OIV/OITS va bezgak). Ularning barchasini ayolga hurmat muhitida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilsa, profilaktika va davolasa bo`ladi.

Sog`liqni saqlash xizmati ayollar, bolalar va o`smirlarning ehtiyojlarini qondiradi va tug`ish, tug`ruqdan oldingi va tug`ruqdan keyingi parvarish, bolalik davrida emlashlar, oziqlanishni qo`llab-quvvatlash va oilani rejalashtirish kabi muhim yordamdan adolatli foydalanishni ta'minlaydi. Biroq, bu yo`nalishdagi muvaffaqiyatga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining etarli darajada moliyalashtirilmaganligi, malakali tibbiyot xodimlarining etishmasligi va tibbiy mahsulotlar etkazib berishning samarasizligi tahdid solmoqda.

Ayollarning taxminan uchdan bir qismi tavsiya etilgan sakkizta antenatal skriningdan to`rttasini ham o`tkazmaydi yoki tug`ruqdan keyingi asosiy yordamni olmaydilar va 270 millionga yaqin ayollar zamonaviy oilani rejalashtirish usullaridan foydalana olmaydi. Reproduktiv salomatlik masalalarida avtonomiya, ayniqsa, bolalar tug`ilishining maqsadga muvofiqligi va tug`ilish muddati to`g`risida qaror qabul qilish qobiliyati ayollar uchun bolalar tug`ilishini rejalashtirish, tug`ilish oralig`ini tanlash va o`z sog`lig`iga g`amxo`rlik qilishning muhim shartidir. Daromad, ta'lim, irqiy yoki etnik tengsizliklar asosiy onalik xizmatidan minimal foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan, ammo homiladorlik paytida sog`lig`i bilan bog`liq muammolarni boshdan kechirishi mumkin bo`lgan marginal homilador ayollar uchun qo`shimcha xavf tug`diradi.

«Homiladorlik va tug`ruq natijasida ko`plab ayollarning bevaqt vafot etishini qabul qilib bo`lmaydi. Bir yil ichida 280 000 dan ortiq o`lim - bu qabul qilib bo`lmaydigan raqam. Biz oilani rejalashtirish xizmatlariga resurslarni tezroq taqsimlash va global miqyosda 900 000 doya tanqisligini tugatish uchun har bir ayol hayotini saqlab qolish uchun zarur bo`lgan yordamni olishi uchun yaxshiroq qilishimiz mumkin va bu zarur. Bizda oldini olish mumkin bo`lgan onalar o`limini tugatish uchun vositalar, bilim va resurslar mavjud: bizga siyosiy iroda kerak», deydi YuNFPA Ijrochi direktori doktor Natalya Kanem.

Koronavirus pandemiyasi onalar salomatligidagi muvaffaqiyatlarning sekinlashishiga ham hissa qo`shgan bo`lishi mumkin. Hozirda mavjud ma'lumotlar seriyasi 2020 yil bilan cheklanganligi sababli, pandemiyaning onalar o`limiga haqiqiy ta'sirini aniqlash uchun qo`shimcha ma'lumot kerak bo`ladi.

Biroq, COVID-19 infektsiyasi homiladorlik davrida sog`liq uchun xavflarni oshirishi mumkin va mamlakatlar homilador ayollar va homiladorlikni rejalashtirayotganlar koronavirusga qarshi emlangan va samarali prenatal parvarish qilishni ta'minlash uchun choralar ko`rishlari kerak.

«Onalar o`limini kamaytirish global sog`liqni saqlashning eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda. Oldini olish mumkin bo`lgan onalar o`limiga barham berish va sifatli onalar salomatligi xizmatlaridan universal foydalanishni ta'minlash milliy va xalqaro sa'y-harakatlarni hamda maqsadlarga, ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlariga sodiqlikni talab qiladi. Har bir onaning farzandi tug`ilgandan keyin ham yashashini, farzandlari bilan birgalikda farovon kelajakka ega bo`lishini ta'minlash barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir», deydi Aholishunoslik bo`limi Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining rahbari Jon Vilmot.

Hisobot mualliflarining fikricha, jahon hamjamiyati onalar o`limini kamaytirish bo`yicha global maqsadlarga erishish yo`lidagi taraqqiyotni sezilarli darajada tezlashtirishi kerak; aks holda 2030 yilga kelib yana 1 milliondan ortiq ayolning hayoti xavf ostida qoladi.

To Top ↑
To Top ↑