x

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, bolalarga sevgi, e'tibor, o`zaro yaqinlik, «idish»lari etarlicha to`ldirilmaganda ya'ni farzandimizning hissiy rivojlanish ehtiyojlari qondirilmaganda, ular xulq-atvorida muammolar paydo bo`la boshlar ekan. Bola hissiy emotsional  bo`shliqni to`ldirish uchun onasiga yopishib oladi, noo`rin xatti-harakatlar qiladi.

Ba'zan onasining e'tiborini jalb qilish uchun instinktiv ravishda «buzg`unchilik» ham qiladi. Chunki u xotirjam va itoatkor bo`lgan paytda onasi uning yonida bo`lmaydi, o`z ishlari bilan mashg`ul bo`ladi.

Qachonki bola shovqin qilsagina, onasi o`z e'tiborini bolasiga qaratadi. Mana shu salbiy e'tibor ham bola uchun muloqot hisoblanadi. Bu holat xuddi yangi non olmagan bolaning qotgan nonga ko`nishiga o`xshaydi.

Hadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan bolalar» kitobidan.

 

 

 

 

 

To Top ↑
To Top ↑