x

Joriy yilning 11 mart kuni taxminan soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o`quvchilari: 2006 yilda tug`ilgan T.A. hamda 2005 yilda tug`ilgan O.J., shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o`ynayotgan vaqtida o`zaro og`zaki gap talashib qolganlar. 
Shundan so`ng, voyaga etmagan 2006 yilda tug`ilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yo`l bilan hal qilish o`rniga, o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005 yilda tug`ilgan  O.J.ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Natijada, O.J. tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑