x

Nigeriyaning shimoliy g‘arbiy qismidagi maktabga uyushtirilgan qurolli hujumda 287 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketildi. Maktablardan bolalarni ommaviy o‘g‘irlash hodisasi bir haftadan kamroq vaqt ichida Afrikada ikkinchi marotaba sodir bo‘lmoqda. 

Hudud rasmiylari dastlab 100 nafar o‘quvchi garovga olingani haqida xabar bergan bo‘lsa-da, maktab xodimlarining o‘g‘irlanganlar soni 287 nafarni tashkil etgani haqida aytgan.

Nigeriyada shu kabi o‘g‘irlash holatlari tez-tez uchrab turadi. So‘nggi yillarda mamlakatning shimoliy-g‘arbiy va markaziy hududlarida bunday vaziyatlar avj olmoqda. U yerda 10 dan ortiq qurolli guruhlar bo‘lib, odatda tovon puli talab qilish uchun bolalarni o‘g‘irlashadi.

To Top ↑
To Top ↑