Sankt-Peterburg Qonunchilik palatasi deputati A. Zinchuk tomonidan mamlakatda harbiy mojarolarda qurbon bo’lgan bolalarni xotirlash kuni belgilanishini taklif qilmoqda. Bu haqda RadioSputnik xabar berdi.
1941-yil Leningrad (hozirgi Novgorod) viloyatining Lychkovo stansiyasida nemislar evakuatsiya poezdida ketayotgan bolalarni bombardimon qilgan. Ushbu hodisa 18-iyulda sodir bo’lgani sababli, ularni xotirlash kuni ham shu kuni belgilanishi taklif qilindi. Donetsk Xalq Respublikasida ham shu kabi kun har yili 27-iyulda nishonlanadi.
“Donbassning o’z sanasi bor, Belgorod ham mintaqaviy xotira kuni o’tkazilish variantini ko’rib chiqmoqda. Ammo kompleks yondashuv zarur”,- deydi A. Zinchuk o'z so'zida.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning 24-fevral kunida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan va shundan beri 10 mingdan ortiq aholi, shulardan 560 nafardan ortiq bolalar halok bo'lgan.