x

G'azo sog'liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, Isroil tomonidan qariyb 100 kundan buyon amalga oshirilayotgan havo va quruqlik hujumlari natijasida 10,000 dan ortiq bolalar vafot etdi. Yana mingdan ziyod bolalar vayronalar ostida qolgani taxmin qilinmoqda.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, urush davomida jami vafot etganlarning 40%ini bolalar tashkil etadi. Bundan tashqari, talafotlardan omon qolgan bolalarning ham ahvoli unchalik yaxshi emas. Ularning koʻp qismi ota-ona va yaqinlaridan ajralishi bilan bir qatorda, turli darajadagi jarohatlar, kuyish, kasalliklar, tibbiy yordam yetishmasligi va shu kabi muammolardan aziyat chekishmoqda. 1000 ga yaqin bolalar esa ikki oyog'idan ajralgan, bir umr majruh va tibbiy yordamga muhtoj holatda yashashga mahkum bo'lib qoldi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan yilning 7-oktyabrida boshlangan urush, ertaga 14- yanvar kuni o'zining 100 kunligini "nishonlaydi".

To Top ↑
To Top ↑