Yangi tadqiqotga ko‘ra, Z (zed) avlodda borgan sari oliy taʼlimga qiziqishi pasayib bormoqda. Ularning 46 foizi universitetda o‘qish vaqt va pulga arzimaydi deb hisoblashadi.
Z avlod uchun kredit olib, bir necha yil o‘qishdan ko‘ra kurslarda qatnashish va pul ishlash foydaliroq. 18-24 yoshdagilarning 39 foizigina oliy taʼlimda o‘qishni xohlaydi xolos.
Bugungi kunda top kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olayotganda nomzodning diplomiga emas, uning bilimiga qarashadi.
Ma'lumot uchun: Z avlod deganda bugungi kunda 10-15 yoshdan 20-25 yoshgacha bo'lganlar tushuniladi.