x

Avni Eldous – 2022-yilning avgust oyida o'zining YouTube kanalida shunday so'zlar aytilgan video joylashtiradi: "Salom do'stlar. Mening ismim Avni va men falastinlikman. Yoshim 12 da. Bu kanalning maqsadi – 100 ming, 500 ming yoki bir million obunachiga ega bo‘lish!"

Oradan bir yildan ko'proq vaqt o'tdi. 2023-yilning 7-oktyabr kuni Isroil harbiylari Falastinga hujum qildi. Avni esa mazkur urushning ilk qurbonlaridan biriga aylandi.

Avni joylagan videolar hozirda millionlab ko'rildi. Uning YouTube’dagi kanaliga 1,5 milliondan ortiq odam obuna bo‘lgan.

Avnining videolaridan biriga yozilgan izohda shunday so'zlarni o'qish mumkin:

"Iltimos, bizni kechir. Qaniydi seni o‘limingdan oldin bilganimizda".

Avni kanal yuritishni 2020-yilning iyun oyida boshlagan. U videolarida Pro Evolution Soccer, Blur avtopoyga o‘yini va Counter-Strike o'yinlarini o'zi o'ynayotganini ko'rsatardi.

Ahamiyatlisi u shunchaki o'yinni namoyish qilish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu o'yinlar qachon, qaysi kompaniyalar tomonidan yaratilgani haqidagi axborotlarni ham ulashib turgan.

Yigitchaning butun oilasi – to‘rt aka-uka va opa-singillari, onasi va otasi u bilan birga o‘ldirilgan. Ammo uning tirik qolgan qarindoshlari uning o‘limidan keyin topgan shon-shuhratidan faxrlanishlarini aytishadi.

"Avni o'zining kanali haqida to'lib-toshib gapirardi. Endi esa u Jannatda baxtliroq yashamoqda", – deydi marhumning yaqinlaridan biri.

 

To Top ↑
To Top ↑