x

(Shaxsni himoya qilish maqsadida ism o'zgartirildi)

Mart oyining iliq tongi. O‘zbekiston janubidagi Termiz shahri ko‘chalarida qushlarning sayrashi, odamlarning kulgusi eshitiladi. Ular an’anaviy o’zbek taomi bo’lmish sumalak pishiryaptilar. Odatda u  har bahorda pishiriladi.

Bu ko'chalardan birida qo’y-qo’zilar ovozi eshitiladigan eski uy bo’lib, uning katta hovlishida olti yashar Orif tovuqlar ortidan yugurardi. Uning ko‘zlari g‘am-g‘ussaga to‘la. U ikki yoshidan beri onasini ko‘rmagan. Orifning onasi Rossiyaga ishlash uchun ketishga majbur bo’lgan. To'rt yil davomida bola onasining yuzi va ovozini unutmaslik uchun uni faqat video aloqa orqali ko'radi.

“Oyimning hidini unutib qo'ydim... Uni juda sog'indim”, Orifning ko'zlari yoshga to'ldi. Onasi ketganidan beri bu birinchi marotaba yig‘lashi edi. Bola shu yillar davomida butun dardini, sog‘inchini, yolg‘iz hissini ichida saqlab kelar edi.

“Mening qoʻylarim, tovuqlarim bor, ularni boqaman, ular bilan oʻynayman. Ular meni onam haqida o‘ylashdan chalg‘itadi, lekin endi bunday yasholmayman... Kun sayin sog‘inchim kuchayib, uni o‘zimda ortiq yashirolmayman”, deb yig‘lab yubordi Orif. Unga faqat onasining iliq quchog'i kerak…

Orif opasi bilan buvisi qaramog‘ida yashaydi. Ular bilan birga xolasi va uning bolalari ham shu hovlida istiqomat qiladi.

“Bu yer juda tor. Qizim uyini qurib tugatish uchun ish izlab ketishga majbur, chunki uning eri yo‘q, hammasini o‘zi qilishi kerak. Bu yil qaytib kelishga va boshqa farzandlarini tashlab ketmaslikka va’da berdi”, deydi Orifning buvisi.

Foto: unicef.org

Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida bolalarning buvisiga ota-onalik ko‘nikmalari o‘rgatildi va shu yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo‘yicha maslahatlar berildi. Oila davlatdan muntazam ravishda moddiy yordam oladi. Loyiha mutaxassislari Orif va uning singlisining sog‘lig‘i, maktabdagi fanlarni o’zlashtirishlarini kuzatib borishdi. Ular bolalarni maktabdan keyin qo‘shimcha darslarga, to‘garaklarga ishtirok etishlariga yordam berdilar. Natijada ularning baholari yaxshilandi. Bolalar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, dori-darmon bilan ta’minlandi. Orifning opasi allergiyadan, Orif esa gijjalardan xalos bo’ldi. Ijtimoiy xodimlar ularni bolalar bayramlariga tez-tez taklif qilishadi.

Orif onasini intiqlik bilan kutmoqda. Bunga juda oz vaqt qoldi.

Ushbu hikoya Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan “Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiyadan jabrlangan bolalarni himoya qilish” mintaqalararo loyihasi doirasida yozilgan.

To Top ↑
To Top ↑